29/02/2024

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikada 8 487,5 mln. dona tuxum olingan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,4 % ga oshgan.

Tuxum yetishtirishning yuqori hajmlari 4 912,8 mln. dona yoki umumiy yetishtirish hajmidan 57,9 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qayd etilib, aksincha kam hajm 1 329,8 mln. dona (15,7 %) fermer xoʻjaliklarida kuzatilgan.