Joriy yilning 28- fevral kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B. Maxkamov, Boyovut tumanida kuzatuvga mas’ul xodim M. O‘rolboyev bilan birgalikda, shaxsiy avtotransport egalari tashish faoliyatining tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilish jarayonlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxsiy avtotransport egalarining ko‘rsatilayotgan xizmatlar ma’lumotlari planshet qurilmasiga kiritildi.