28/02/2024

2024- yilning 1- fevral holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 528 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 11,5 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan, kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 494 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 327 ta

Sirdaryo tumani – 240 ta

Boyovut tumani – 159 ta

Mirzaobod tumani – 142 ta

Yangiyer shahri – 145 ta

Sayxunobod tumani – 142 ta

Guliston tumani – 110 ta

Xovos tumani – 102 ta

Sardoba tumani – 62 ta

Oqoltin tumani – 53 ta

Shirin shahri – 46 ta