28/02/2024

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar oyida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 9,0 % ni yoki 28,7 mlrd. so'mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 126,2 % ni tashkil etdi. Shundan, 23,2 mlrd. so'mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to'g'ri kelib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 133,9 % ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 0,6 mlrd. so'mni va 71,5 % ni, yakka tartibdagi turar-joylarni ta'mirlash ishlari 4,9 mlrd. so'mni va 107,0 % ni tashkil etdi.