27/02/2024

2024- yilning 1- fevral holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni 2 098 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 15,7 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan, kichik biznes subyektlariga tegishli soni 2 075 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Sardoba tumani – 340 ta

Mirzaobod tumani – 324 ta

Sayxunobod tumani – 272 ta

Oqoltin tumani – 286 ta

Guliston tumani – 206 ta

Boyovut tumani – 197 ta

Sirdaryo tumani – 173 ta

Xovos tumani – 141 ta

Guliston shahri – 99 ta

Yangiyer shahri – 40 ta

Shirin shahri – 20 ta