Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oyida jami 444 096 nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Oʻzbekiston Respublikasiga eng koʻp quyidagi davlatlarning fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida tashrif buyurgan:
Tojikiston – 176 576 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi – 150 707 nafar;
Qozogʻiston – 83 696 nafar;
Rossiya – 25 017 nafar;
Turkiya – 3 273 nafar;
Turkmaniston – 1 074 nafar;
Koreya Respublikasi – 676 nafar;
Ozarbayjon – 430 nafar;
Belarus Respublikasi – 380 nafar;
boshqa davlatlar – 2 267 nafar.