27/02/2024

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning 1- fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 11 174 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 110 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahrida – 2 683 ta

Sirdaryo tumani – 1 394 ta

Mirzaobod tumani – 984 ta

Boyovut tumani – 963ta

Guliston tumani – 891 ta

Sayxunobod tumani – 877 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 255 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 075 ta

sanoat sohasida – 1 494 ta

qurilish sohasida – 1 032 ta