2024- yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 50,5 % to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 116,8 % ni tashkil etgan holda 160,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.