Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda qariyb 6,7 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,5 %ga oshgan.
2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 34 629 tani tashkil etgan.
Qurilish korxonalarining 7 408 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Bu koʻrsatkich respublikaning 21,4 % ni tashkil etadi.