23/02/2024

Statistika agentligi ma'lumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlari hajmi 6 624 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar-dekabriga nisbatan 7,4  % ga oshgan. 

Kichik tadbirkorlik subyektlarining kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlari hajmi, tegishli davrda:

2021-yilning yanvar-dekabrida 4 360,7 mlrd. soʻm;

2022-yilning yanvar-dekabrida  5 343,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.