Statistika agentligi ma'lumotlariga koʻra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga Oʻzbekistonda 1 km kv er maydoniga oʻrtacha 82 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.
Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda oʻrtacha 1,8 kishiga ortgan (2023 yil 1 yanvar holatiga 1 kv km ga 80,2 kishi).
2024 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36,8 mln kishini tashkil etmoqda.
Shahar joylarda – 18 768,5 ming kishi
Qishloq joylarda – 18 031,3 ming kishi