19/02/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 18 327,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 12,6 % ga oshgan.

Ushbu xizmatlar boʻyicha eng yuqori oʻsish surʼatlari Samarqand viloyatida (130,9 %) qayd etilgan.

Hududular kesimida yashash va ovqatlanish xizmatlarining oʻsish surʼatlari:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 107,3 %

Andijon viloyati – 113,7 %

Buxoro viloyati – 109,1 %

Jizzax viloyati — 109,2 %

Qashqadaryo viloyati – 110,3 %

Navoiy viloyati — 102,2 %

Namangan viloyati – 109,3 %

Samarqand viloyati – 130,9 %

Surxondaryo viloyati – 110,9 %

Sirdaryo viloyati – 115,8 %

Toshkent viloyati – 109,4 %

Fargʻona viloyati – 111,1 %

Xorazm viloyati – 110,3 %

Toshkent shahri – 112,5 %