2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 73,3 ming t. (2022- yilning mos davriga nisbatan 3,4 % ga ko‘p) go‘sht yetishtirildi.
Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht yetishtirish umumiy hajmidan 88,9 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.