Viloyatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Mazkur dastur doirasida kiritilgan 48 ta loyiha bo‘yicha 1 972,1 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 38,5 mln. AQSH. dollari miqdorida eksport qilindi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida 583 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shu bilan birga, 2022- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksporti hajmining o‘sganligi kuzatildi.