14/02/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 2,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  63,1 % ni tashkil etgan. 

Fuqarolik obyektlarini qurilishi faoliyatida 1,4 trln. soʻmlik ishlar bajarilib,  umumiy hajmga nisbatan  ulushi – 34,7 % ni, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 0,1 trln. soʻmlik ishlar bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi 2,2 % ni tashkil etgan.