Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilda sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 1 207,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
2022-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan oʻsish surʻati 111,4 % ni tashkil etgan.
Ushbu xizmat turi boʻyicha yuqori ulush Toshkent shahrida (60,2 %) hamda Toshkent (17 %) viloyatida qayd etilgan.
Hududlar kesimida sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlari hajmi, mlrd. soʻmda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 8,2
Andijon viloyati – 25,3
Buxoro viloyati – 19,3
Jizzax viloyati – 25
Qashqadaryo viloyati – 25,3
Navoiy viloyati – 10,7
Namangan viloyati – 38,7
Samarqand viloyati – 39,6
Surxondaryo viloyati – 15,5
Sirdaryo viloyati – 7,2
Toshkent viloyati – 205,6
Fargʻona viloyati – 48,3
Xorazm viloyati – 13,2
Toshkent shahri – 727,3