13/02/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga 45 456 nafar Hindiston fuqarolari tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Hindiston fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha (nafar):

dam olish – 27 092;

xizmat yuzasidan – 9 360;

oʻqish maqsadida – 7 611;

tijorat maqsadida – 955;

qarindoshlarni yoʻqlash – 436;

davolanish – 2.