Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-dekabr oylarida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 144,1 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 27,4 mln. AQSH dollariga (27,4 %) ga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 27,9 % ni tashkil qildi.
Ushbu tovarlarni Sirdaryo viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi :
XXR — 76,4 mln. AQSH dollari (53,0 %)
Turkiya — 15,0 mln. AQSH dollari (10,4 %)
Hindiston— 13,0 mln. AQSH dollari (9,0 %)
Italiya— 3,7 mln. AQSH dollari (2,6 %)
Fransiya — 1,0 mln. AQSH dollari (0,7 %) kabi davlatlarga toʻgʻri keldi.