2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida, tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 044,2 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 109,2 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 20,0 % ni tashkil etdi.