2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar jami soni 174 tani tashkil etdi. 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida ushbu sohada 51 ta korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etilgan bo‘lib, ularning 50 tasi kichik tadbirkorlik subyektlaridir.
Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar aks etgan:
Guliston shahrida – 76 ta
Yangiyer shahrida – 20 ta
Sirdaryo tumanida – 16 ta
Boyovut tumanida – 18 ta