09/02/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 15,4 trln. soʻm oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 5,4 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 35,2 % ini tashkil etgan.

Mashina, asbob–uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 8,6 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 55,9 %) hamda boshqa xarajatlar 1,4 trln. soʻmni (8,9 %) tashkil etgan.