09/02/2024

   Alisher Navoiy butun ijodi davomida turli janr va yoʻnalishlarda salmoqli ijod qilgan. Nasrda ham, nazmda ham yetuk asarlar yaratgan. Nasrda Navoiy asosan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy, iqtisodiy yoʻnalishlarda qalam tebratgan.

 Alisher Navoiy oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardan biridir. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulugʻlaganlar.

  Navoiy ijodi nafaqat Oʻzbekistonda, balki Yevropa, okeanorti mamlakatlarida ham yuksak qiziqish bilan oʻrganiladi. Bu borada koʻplab sharqshunos olimlarning ishlari misol boʻla oladi.

  Har yili 9- fevral - Navoiy tavallud topgan kun respublika boʻylab keng miqyosda nishonlanadi.

   Respublika hududlaridan tashqari Alisher Navoiy haykallari dunyoning Moskva, Minsk, Vashington, Tokio, Boku, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida oʻrnatilgan