06/02/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni 4 352 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 32,4 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 343 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 1 188 ta

Sirdaryo tumani – 602 ta

Guliston tumani – 379 ta

Boyovut tumani – 369 ta

Yangiyer shahri – 333 ta

Sardoba tumani – 315 ta

Mirzaobod tumani – 290 ta

Sayxunobod tumani – 286 ta

Oqoltin tumani – 244 ta

Xovos tumani – 224 ta

Shirin shahri – 122 ta