06/02/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Joriy yilning 1-yanvar holatiga roʻyxatdan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 614 897 tani (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10,6 % ga oshgan.   Ularning soʻnggi besh yilning mos davrlaridagi dinamikasi quyidagicha:

2020-yilda – 353 921 ta

2021-yilda – 436 981 ta

2022-yilda – 488 936 ta

2023-yilda – 555 971 ta

2024-yilda – 614 897 ta