02/02/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 539 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 11,5 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 506 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 324 ta

Sirdaryo tumani – 236 ta

Boyovut tumani – 162 ta

Mirzaobod tumani – 139 ta

Yangiyer shahri – 142 ta

Sayxunobod tumani – 144 ta

Guliston tumani – 116 ta

Xovos tumani – 102 ta

Sardoba tumani – 69 ta

Oqoltin tumani – 55 ta

Shirin shahri – 50 ta