31/01/2024

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 11 281 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 217 tani tashkil etgan.

 

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahrida – 2 674 ta

Sirdaryo tumani – 1 382 ta

Mirzaobod tumani – 994 ta

Boyovut tumani – 982ta

Guliston tumani – 927 ta

Sayxunobod tumani – 894 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 343 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 062 ta

sanoat sohasida – 1 506 ta

qurilish sohasida – 1 035 ta