Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar- dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 403 974,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar- dekabriga nisbatan 3,6 % ga oshgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi, tegishli davrda:
2021-yilning yanvar-dekabrida 304 452,1 mlrd. soʻm;
2022-yilning yanvar-dekabrida 344 134,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan.