Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 86 030 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 33 470 ta
sanoat sohasida – 14 101 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 9 388 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 5 955 ta
qurilish sohasida – 4 859 ta
tashish va saqlash sohasida – 3 946 ta
axborot va aloqa sohasida – 2 932 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 1 458 ta
boshqa sohalarda – 9 921 tani tashkil etgan.