2023- yilda YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 106,3 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 39,2 %), sanoatda – 107,1 % (26,4 %), qurilishda – 107,9 % (7,7 %), xizmatlar sohasida – 103,4 % (26,7 %)ni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 108,1 % (4,5 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 111,3 % (3,2 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 101,1 % (19,0 %)dan iborat bo‘ldi.