30/01/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 13432 tani tashkil etib, 83,5 foizini (11217 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Guliston shahri – 3 253 ta

Sirdaryo tumani – 1 650 ta

Mirzaobod tumani – 1 164 ta

Boyovut tumani – 1 221 ta

Guliston tumani – 1 093 ta

Sayxunobod tumani – 1 064 ta

Sardoba tumani – 1 014 ta

Yangiyer shahri – 933 ta

Oqoltin tumani – 851 ta

Xovos tumani – 824 ta

Shirin shahri – 365 ta