Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yil 1-ynvar holatiga jami 420 772 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 158 037 ta
sanoat sohasida – 69 345 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 37 308 ta
qurilish sohasida – 34 505 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 28 277 ta
tashish va saqlash sohasida – 17 873 ta
axborot va aloqa sohasida – 10 275 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 544 ta
boshqa sohalarda – 55 608 ta