30/01/2024

    Joriy yilning 30- dekabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining 2023- yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarma va hududiy statistika bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

     Asosiy maqsad, 2023- yil davomida erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisobi, bundan tashqari, kelgusida ustuvor rejalar amaliga ijobiy ta‘sir etgan holda tizim rivojini ta’minlaydigan takliflarni ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

    Kun tartibiga binoan, boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov Kengash yig‘ilishini ochib berib, Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha ijro holati, boshqarma oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2023- yilda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

     Shuningdek, yig‘ilishda 2023- yil davomida amalga oshirilgan ishlar, chora-tadbirlar natijalari muhokama etilib, sarhisob qilindi.

    Boshqarma boshlig‘i tomonidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limi rahbarlaridan yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar, 2023- yil davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan o‘zlariga tegishli hulosa chiqarib olishlarini, kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rishlarini, Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha ijro holati, hisobotlar qamrovi hamda kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.  

    Kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.