23/01/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 11 587,9 ming soʻmga yetgan.

2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 111,2 % ni tashkil etgan.

Hududlar kesimida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlarining oʻsish surʼati:

Qoraqalpogʻiston Resp. – 109,3 %

Andijon – 108 %

Buxoro – 108,6 %

Jizzax – 107,7 %

Qashqadaryo – 108,1 %

Navoiy – 110,2 %

Namangan – 108,1 %

Samarqand – 110,7 %

Surxondaryo – 107,7 %

Sirdaryo – 108,6 %

Toshkent – 108,6 %

Fargʻona – 108 %

Xorazm – 112,9 %

Toshkent sh. – 114,7 %