22/01/2024

Joriy yilning 19- yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan masofaviy tarzda, videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan targʻibot materiallari toʻplami (slayd, infografika)dan foydalangan holda tanishtirib, ayrimlarining mazmuniga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, 2023- yil 25- dekabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-884-son Qonuni, “2023- yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-885-son Qonuni va boshqa qonun hujjatlari haqida gapirib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlarning yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlari yuzasidan fikr-mulohazalari eshitildi.