Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda joriy yilning 1-yanvar holatiga sanoat sohasida 110 389 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.
Ularning oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 104,8 % ni tashkil etgan.
Soʻnggi yillarning mos davrida ushbu sohada roʻyxatdan oʻtgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:
2020-yilda – 74 249 ta
2021-yilda – 88 727 ta
2022-yilda – 96 396 ta
2023-yilda – 105 347 ta
2024-yilda – 110 389 ta