Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 6 626,3 ming nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekistonga safar maqsadlari boʻyicha tashrif buyurgan chet el fuqarolar soni:
qarindoshlarni yoʻqlash — 5 561,1 ming nafar;
boʻsh vaqt va dam olish — 773,2 ming nafar;
xizmat yuzasidan — 143,5 ming nafar;
davolanish — 61,3 ming nafar;
tijorat — 70,4 ming nafar;
oʻqish maqsadida — 16,8 ming nafar.