2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Sirdaryo viloyati boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 5 707,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslanganda 6,7 % ga oʻsgan.
Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 38,6 % ni tashkil etgan.