Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida, kichik tadbirkorlik subyektlarining avtotransport xizmatlari hajmi 34 254,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 4,6 % ga oshgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan avtotransport xizmatlari hajmi, tegishli davrda:
2021-yilning yanvar-sentabrida 25 268,1 mlrd. soʻm;
2022-yilning yanvar-sentabrida 28 992,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.