29/12/2023

     Joriy yilning 29-dekabr kuni Viloyat statistika boshqarmasida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.Tadbirda dastlab, boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov barcha xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Kelgusi yil davomida statistika tizimida amalga oshiriladigan ishlar, bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng, yil davomida faol boʻlgan xodimlarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan faxriy yorliqlar berildi.

     Viloyat statistika boshqarmasi ahil jamoasi barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan chin dildan tabriklaymiz! Yangi yilda yangi baxt, yangi omadlar, yangi zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin!