Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida, 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 8 532,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan 7,1 % ga oshgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi, tegishli davrda:
2021-yilning yanvar-sentabrida 4 817,7 mlrd. soʻm;
2022-yilning yanvar-sentabrida 6 439,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.