26/12/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 2,8 mlrd AQSH dollarilik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich umumiy eksportning 12,1 % ini tashkil etgan.

Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor toʻqimachilik mahsulotlari (41,3 %), kalava-ip (40,7 %) asosiy ulushni egallagan.

Yil boshidan 626 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari dunyoning 63 ta davlatiga eksport qilingan. Natijada, toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.

Toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida:

Tayyor toʻqimachilik mahsulotlari – 1,2 mlrd

Kalava-ip – 1,1 mlrd

Trikotaj mato – 284,8 mln

Gazlamalar – 164,8 mln

Paypoq mahsulotlari – 56,9 mln