26/12/2023

2023- yilning 1- dekabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni  4 486 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 32,6 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 477 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 1 228 ta

Sirdaryo tumani – 609 ta

Guliston tumani – 394 ta

Boyovut tumani – 379 ta

Yangiyer shahri – 335 ta

Sardoba tumani – 319 ta

Mirzaobod tumani – 315 ta

Sayxunobod tumani – 296 ta

Oqoltin tumani – 255 ta

Xovos tumani – 229 ta

Shirin shahri – 127 ta