25/12/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 10,8 % ni yoki 362,5 mlrd. so'mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 124,4 % ni tashkil etdi. Shundan 200,4 mlrd. so'mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to'g'ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 148,2 % ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 8,6 mlrd. so'mni va 96,5 % ni, yakka tartibdagi turar-joylarni ta'mirlash ishlari 153,5 mlrd. so'mni va 104,3 % ni tashkil etdi.