Joriy yilning 22-dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Oʻquv mashgʻulotida boshqarmaning Bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlarining milliy bazasi – “Lex.uz”dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan targʻibot materiallari toʻplami (annotatsiya, slayd, infografika)dan foydalangan holda tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-880-son, “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-881-son, 19-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-883-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlar mazmuniga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlarning yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlari yuzasidan fikr-mulohazalari eshitildi.