21/12/2023

2023- yilning 1- dekabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni 2 147 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 15,6 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan, kichik biznes subyektlariga tegishli soni  2 124 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Sardoba tumani – 354 ta

Mirzaobod tumani – 337 ta

Sayxunobod tumani – 279 ta

Oqoltin tumani – 270 ta

Guliston tumani – 208 ta

Boyovut tumani – 201 ta

Sirdaryo tumani – 176 ta

Xovos tumani – 147 ta

Guliston shahri – 94 ta

Yangiyer shahri – 41 ta

Shirin shahri – 20 ta