21/12/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yilning 1- dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 11 630 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 564 tani tashkil etgan.

 

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahri – 2 753 ta

Sirdaryo tumani – 1 405 ta

Mirzaobod tumani – 1 081 ta

Boyovut tumani – 1 001 ta

Guliston tumani – 956 ta

Sayxunobod tumani – 926 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 477 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 124 ta

sanoat sohasida – 1 551 ta

qurilish sohasida – 1 060 ta