Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Sirdaryo viloyatida 2023-yil yanvar- sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 9 836,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan 5,2 % ga oshgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsuloti (xizmat) hajmi tegishli davrda:
2021-yilning yanvar-sentabrida 7 026,2 mlrd. so‘m
2022-yilning yanvar-sentabrida 8 281,9 mlrd. so‘m