21/12/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 132,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Respublikada bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 25 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 56 % ni hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 19 % ni tashkil etgan.