Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2 121 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 878 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 568 ta
sanoat sohasida – 245 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 94 ta
qurilish sohasida – 91 ta
tashish va saqlash sohasida – 57 ta
axborot va aloqa sohasida – 45 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 16 ta
boshqa sohalarda – 127 tani tashkil etgan.