Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, jami 83 544 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 31 508 ta
sanoat sohasida – 13 326 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 8 875 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 5 562 ta
qurilish sohasida – 4 575 ta
tashish va saqlash sohasida – 3 766 ta
axborot va aloqa sohasida – 2 746 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 1 373 ta
boshqa sohalarda – 11 813 ta